Kafolat shartlari. Tuzilishida yoki ishlab chiqarishda nuqsoni aniqlan, gan holatda isteʼmolchi kafolat muddati davomida vakolatli xizmat markazida bepul taʼmirlash huquqiga ega.
INOI kompaniyasi INOI yo'riqnomasiga muvofiq maqsadli foydalanilgan holatda iste'molchi tomonidan xarid qilingan mamlakat uchun belgilangan “Kafolat muddati” ichida xaridni tasdiqlovchi hujjat bilan INOI markali uskuna mahsuloti va asl qadoqdagi ehtiyot qismlari ("INOI mahsuloti")da xomashyo yoki ishlab chiqarish nuqsonlar i mavjud emasligiga kafolat beradi.
Kafolat mukova, sumkalar, dastak, olinadigan panellar, simlar, mustaqil oʻrnatiladigan dastur va boshqa ehtiyot qismalarga joriy qilinmaydi. Kafolat xizmati iste'molchi sotuvchi kompaniya muhri va xaridni tasdiqlovchi ma'lumot ask etgan asl kafolat taloniga ega boʻlgan taqdirdagina taqdim etiladi.
Mahsulotning kafolat muddati xizmat ko'rsatish markazi mahsulot taʼmirlanishini amalga oshiradigan muddatga uzaytiriladi.
Kafolat oʻz kuchini mexanik, elektr yoki issiqlik taʼsiri, suyuqlik yoki sovituvchi modda taʼsirida shikastyetkazilganda; notoʻgʻri foydalanish natijasida yetkazilgan zarar, jumladan, asl boʻlmagan ehtiyot qismlar bilan birgalikda ishlatish; dasturni ruxsatsiz ochish, taʼmirlash, oʻzgartirish yoki notoʻgʻri oʻrnatish natijasida yetkazilgan zarar; virus hujumlari natijasida yetkazilgan zarar, litsenziyalanmagan dasturdan foydalanish; himoya plombalari, kamarlar, stikerlar va boshqalarning shikastlanishi; uchinchi tomonlarning harakatlari, kutilmagan favqulot holatlari, notoʻgʻri saqlash va tashish qoidalari natijasida zarar yetkazilgan holatlarda yoʻqotishi mumkin.
ESLATMA: Kafolat shartlari haqida batafsil ma'lumot olish uchun 24@inoi.com elektron manzili orqali murojaat qiling yoki mamlakatingizdagi INOI vakolatli xizmat markaziga tashrif buyuring.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish